O‘zbekistondagi 10 ta viloyatda joylashgan suv omborlari va ularga tutash hududlarda turizm xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha master rejalar ishlab chiqiladi. Ular asosida bo‘sh turgan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer maydonlari “E-auksion” orqali savdoga qo‘yiladi.
“Toshkent–Mattala–Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlar 2027-yil mart oyi oxiriga qadar haftasiga ikki marta – chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi.
Bu mavzuda Milliy gvardiya mas’ul rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Milliy gvardiya tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, xususan, dronlar, robototexnika vositalari va sun’iy intellekt imkoniyatlarini xizmat faoliyatiga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Dastur fizika, matematika va informatika fanlarini chuqur oʻrganish, atom energetikasining zamonaviy texnologiyalari bilan amaliy tanishish, kasbga erta yoʻnaltirish hamda qoʻshma ilmiy-maʼrifiy tadbirlarda ishtirok etishni nazarda tutadi.
O‘zbekistonda dam olish kunlari ob-havo o‘zgaruvchan bo‘ladi. Shanba kuni Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida, yakshanbada esa Farg‘ona vodiysi hamda poytaxtda biroz yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Havo harorati kunduzi +17…+22 daraja atrofida bo‘ladi.
Parvozlar haftasiga bir marta chorshanba kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Safar vaqti taxminan 3 soat 30 daqiqani tashkil etadi.
1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan radarlar haydovchilarning transportni boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qoidabuzarliklarini qayd etishga ruxsat beriladi. Radar orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini qayd etishda haydovchining yuz ko‘rinishi, xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi yuqori sifatdagi fotosuratlarda aks ettirilishi shart.
Yashil iqlim jamgʻarmasi Kengashi Markaziy Osiyo mamlakatlarida ekotizimlarni tiklash va iqlim oʻzgarishiga moslashishga qaratilgan CLiCA mintaqaviy dasturini ma’qulladi. Dastur Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) tomonidan O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Tojikiston bilan birgalikda tayyorlangan. O‘zbekiston tomonidan dasturni ishlab chiqish ishlarini qo‘mita huzuridagi Iqlim o‘zgarishi milliy markazi muvofiqlashtirdi.