Toşkentda quriliş sabab Botkin qabristonining devori qulab, bir neçta qabr toşlari şikastlandi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkentdagi Botkin qabristonidagi qabrlar quriliş işlari davomida şikastlangani aytilgan xabarlar tarqaldi.

Ma’lumotlarga köra, voqea 18-oktabr kuni qabristonning "15-bölim" deb ataladigan hududida sodir bölgan bölişi mumkin. Kadrlarning bir qismi 21-oktabr kuni tasvirga olingan. Şahar hokimligi vaziyatni nazoratga olganini ma'lum qildi.

Qayd etilişiça, Botkin qabristonidagi şikastlangan qabr toşlari tiklanadi. Qoidabuzarliklarga yöl qöygan mas’ullar aniqlandi, quriliş işlari töxtatildi.

Dastlabki örganişlar şuni körsatdiki, sobiq şampan vinolari zavodi hududida olib borilgan quriliş işlari vaqtida obyektni Botkin qabristonidan ajratib turgan devor qulagan. Oqibatda 15-sektorning sönggi qatoridagi bir neçta qabr toşlariga şikast yetgan. Qabrlarning özi oçilmagan.

Toşkent şahar hokimligi va Şahar obodonlaştiriş boşqarmasi vaziyatni nazoratga oldi. Qoidabuzarliklar bilan olib borilgan quriliş işlari töxtatildi, mas’ul şaxslar aniqlandi. Hodisa tafsilotlari va mas’ul şaxslarning xatti-harakatlariga huquqiy baho beriladi. Aybdorlar qonunçilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi, deyiladi xabarda.

"Marhumlarning yaqinlari qayğusi va e’tirozlarini tuşunamiz. Ötganlar xotirasi va ularning yaqinlari his-tuyğulariga hurmat bilan munosabatda böliş şart. Buyurtmaçi va pudrat taşkilotiga devor qulaşi oqibatlarini bartaraf etiş hamda şikastlangan qabr toşlarini tiklaş majburiyati yuklatildi. Ular uzr sörab, işlarni hafta oxirigaça yakunlaşlarini bildirdilar. Işlarning borişi va tiklaş jarayoni nazoratimizda böladi. Vaziyat yuzasidan ma’lumot berib boramiz",-deydi hokimlik.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102314 | Инструменты