Bu mavzuda Milliy gvardiya mas’ul rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Milliy gvardiya tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, xususan, dronlar, robototexnika vositalari va sun’iy intellekt imkoniyatlarini xizmat faoliyatiga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jamoat xavfsizligini ta’minlashda sun’iy intellekt va robototexnika imkoniyatlaridan foydalaniladi. Bu mavzuda Milliy gvardiya mas’ul rahbarlari ishtirokida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
Unda jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlar tayyorlash, tizimga ishga qabul qilish tartibi va qonunchilikdagi yangiliklar yuzasidan ma’lumot berildi.
Shuningdek, Milliy gvardiya tizimida zamonaviy texnologiyalardan foydalanish, xususan, dronlar, robototexnika vositalari va sun’iy intellekt imkoniyatlarini xizmat faoliyatiga tatbiq etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Jumladan, dronlar orqali hududlarni kuzatish va vaziyatni tezkor baholash, robototexnika vositalaridan murakkab yoki xavfli vaziyatlarda foydalanish, sun’iy intellekt yordamida esa ma’lumotlarni tahlil qilish va ehtimoliy xavf-xatarlarni aniqlash imkoniyatlari tushuntirildi.
Yangi texnologiyalarni samarali qoʻllash uchun harbiy xizmatchilarning texnik bilim va amaliy koʻnikmalarini oshirish muhimligi ta’kidlandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103014 | Инструменты