Huawei 2
Huawei yangi P60 va P60 Pro flagmanlarini rasman namoyish qildi (Video)

Huawei o’zining yangi P60 va P60 Pro flagmanlarini rasman namoyish qildi. Smartfonlarda ko'plab yangiliklarni ko'rishimiz mumkin: juda chidamli ekran oynalaridan boshlanib ilg’or XMage kamerasigacha.

Qayd etilishicha, Huawei P60 va P60 Pro smartfonlari 2700x1200 o’lchamli 6,67 dyuymli OLED displeyga ega bo’ldi. Kadrning yangilanish tezligi esa 120 Gts gacha bo’lishi va’da qilingan.

Smartfonlarning turli versiyalarining ekranlari faqat Pro versiyasida o'ta chidamli Kunlun oynasi mavjudligi bilan farqlanadi.

Shuningdek, IP68 standarti bo’yicha chang va namlikdan himoya ham va'da qilingan (to’liq chang o’tkazmasligi va 30 daqiqadan ko’p bo'lmagan vaqt davomida 1 metr chuqurlikkacha tushish).

Ikkala smartfon ham 88 Vt tez zaryadlashni, shuningdek, 50 Vt simsiz zaryadlashni qo’llab-quvvatlaydigan 4815 mA/soat batareyalari bilan jihozlangan.

Shu bilan birga, smartfonlarda ikki tomonlama sun’iy yo’ldosh aloqasi funksiyasining bo’lishi ma’lum qilingan. Bunga Xitoyning Beidou sun’iy yo’ldosh tizimi mas’ullik qildi.

Biroq, ikki xil versiyaning kameralari bir-biridan farq qiladi (lekin hammasi emas). Huawei P60 asosiy moduli 48 megapikselli, o'zgaruvchan diafragmali linza va optik stabilizatsiya tizimini o'z ichiga oladi. Ultra keng burchakli kamera 13 megapikselli sensorga ega. Uchunchi kamera esa 5x optik zum va stabilizatsiyaga ega 12 megapikselli sensorga ega bo'ldi.

P60 Pro'ning asosiy va ultra keng burchakli kameralari oddiy modeli bilan bir xil, optik zumli kameralar esa turli xil. Pro versiyada 12 megapiksel o'rniga 48 megapikselli yaxshiroq diafragmaga ega kamera o'rnatilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga