Dam olish kunlari harorat iliq bo'ladi, ayrim hududlarda biroz yomg‘ir yog‘ishi mumkin

Dam olish kunlarida havo oʻzgaruvchan boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Faqat 31-oktabrda Qashqadaryo, Surxandaryo, Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kechka tomon Toshkent viloyatining ba’zi joylarida, 1 noyabrda kechasi va ertalab Fargʻona vodiysi viloyatlari va Toshkent viloyatining ayrim joylarida biroz yomgʻir yogʻadi. Baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin.

Havo harorati asosan kechalari 5–10 daraja iliq, shimolda 0–5 daraja iliq, kunduz kunlari 17–22 daraja iliqqacha boʻladi.

Toshkentda 30-31 oktabrda yogʻingarchilik kutilmaydi. 1 noyabrda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida boʻladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103014 | Инструменты