Mamlakatda “Tolibon” qo‘ygan taqiqqa qaramay, ko‘knori ekin maydonlari 43 ming gektardan oshib ketdi. Shuningdek, 1466 tonna opiy ishlab chiqarildi, bu ko‘rsatkich o‘tgan yili 296 tonnani tashkil etgandi. 2026-yilda Afg‘oniston ichidagi savdogarlar opiydan 525 million dollar daromad olgan. Bu mamlakat yalpi ichki mahsulotining 2,7 foiziga va qishloq xo‘jaligi sektorining 8,5 foiziga teng.
Davlat xizmati va mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish ishlari bo‘yicha davlat agentligi direktori intervyuda ular tumanlardan kattaroq, ammo viloyatlardan kichikroq aymoqlarga ajratilishini aytdi. Qirg‘izistonda 40 ta tuman o‘rniga 20 dan ortiq aymoq bo‘ladi.
Tabiiy ofat oqibatida 339 ta turar joy binosi qulab tushgan yoki shikastlangan. 12 mingdan ortiq aholi evakuatsiya qilindi, ayni paytda qidiruv-qutqaruv hamda yetkazilgan zararni baholash ishlari davom etmoqda.
Unga ko‘ra, muammoga qarshi kurashishda, avvalo, sog‘lom ovqatlanish, muntazam jismoniy faollik va turmush tarzini o‘zgartirishga alohida e’tibor qaratish zarur
2026-yilgi tinchlik bo‘yicha Nobel mukofoti “tinchlik va xalqaro huquqni ilgari surishdagi sa’y-harakatlari uchun” huquqshunos Navanethem “Navi” Pilleyga berildi
Mintaqaning havo qatnovlari faoliyatida davriy ravishda yuzaga kelayotgan o‘zgarishlarni inobatga olgan holda, xorijiy davlatlarga safarlarni rejalashtirishda aviareyslar jadvali, parvoz yo‘nalishlari va tranzit qoidalariga kiritilishi mumkin bo‘lgan o‘zgarishlarni hisobga olish so‘raladi
1-noyabrdan O‘zbekiston fuqarolari Sinay yarimoroli, jumladan, Sharm-al-Shayxga (Misr) oldindan viza olmasdan kira olmaydi. Vizani Misrning diplomatik vakolatxonalari orqali olish mumkin