Yillik inflyasiya 6,4% bo‘lib turgan, inflyasion kutilmalar esa pasayishda davom etayotgan bo‘lsa-da, Markaziy bank nazdida yuqori ichki talab va jahon bozorlaridagi narxlar o‘zgaruvchanligi inflyasion xatarlarni kuchaytirmoqda. Regulyator 2026 yil yakuni bo‘yicha inflyasiya prognozini 6,5% dan 7% ga oshirdi.
Adliya vazirligi tomonidan Tovarlarni import qilishda va tovarlarni realizatsiya qilishda to‘lanadigan QQS summalarini o‘zaro hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi idoraviy hujjat davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.
Oʻzbekistonda 2026 yilning yanvar—sentyabr oylarida “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida 70,7 ming nafar fuqaroga elektr tarmoqlariga uzatilgan quyosh energiyasi uchun jami 642,1 mlrd soʻm subsidiya ajratildi
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi 2026-yilning 9 oyida o‘tkazgan audit tadbirlari natijasida davlat byudjetiga jami 906,5 milliard so‘m mablag‘ undirilishini ta'minladi. Shuningdek, tizimda masofaviy nazorat va sun'iy intellektni qo‘llash kengaytirilib, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida Davlat auditi oliy maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
“Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashni rivojlantirish loyihasi” bo‘yicha bitim imzolandi. Mazkur loyiha zamonaviy, samarali va iqlim omillarini hisobga oluvchi qishloq xo‘jaligi texnikasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.
Hujjatda savdolarda ishtirok etish shartlari, xalqaro birja vositachisining majburiyatlari va davlat nazorati mexanizmlari belgilangan. Shuningdek, mijozlar mablag‘larini alohida hisobvaraqlarda yuritish va ko‘rsatiladigan xizmatlar haqida ochiq ma’lumot berish talablari nazarda tutilgan.
Mazkur litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.
O‘zbekistonda 2026-yil yanvar-iyun oylarida nominal ish haqi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 18,4% ga, real ish haqi esa 10,9% ga oshdi. Bu haqda Markaziy bank ma'lum qildi