25-noyabrdan​​ "Nordwind Airlines" Qozon va Fargʻonani toʻgʻridan-toʻgʻri reyslar bilan bogʻlaydi

2026-yil 25-noyabrdan boshlab "Nordwind Airlines" aviakompaniyasi Qozon — Fargʻona yoʻnalishi boʻyicha toʻgʻridan-toʻgʻri muntazam reyslarni amalga oshirishni boshlaydi. Bu haqda "Uzbekistan Airports" xabar qilmoqda.

Parvozlar haftasiga bir marta chorshanba kunlari Airbus A321 samolyotlarida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Safar vaqti taxminan 3 soat 30 daqiqani tashkil etadi.

Yoʻnalishning ishga tushirilishi "Uzbekistan Airports" va "Nordwind Airlines" oʻrtasidagi muzokaralar, jumladan, 16-18-sentyabr kunlari Moskvada boʻlib oʻtgan "NETWORK 2026" xalqaro aviatsiya forumida erishilgan natijalardan biri boʻldi. 

Fargʻona "Nordwind Airlines"ning Qozondan yoʻnalish tarmogʻidagi Oʻzbekistonning toʻrtinchi shahri boʻladi. 2026-yil yoz mavsumidan boshlab aviatashuvchi Toshkent, Samarqand va Namanganga parvozlarni amalga oshirmoqda.

Yangi yoʻnalish Fargʻona viloyati va Tatariston aholisiga toʻxtovsiz sayohat qilish imkonini beradi, qarindosh-urugʻlari va yaqinlarini ziyorat qilish, shuningdek, ishbilarmonlik va sayyohlik sayohatlarini osonlashtiradi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 103014 | Инструменты