Bugun Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boelini qabul qildi. Uchrashuvda togʻ-kon sanoati, metallurgiya, qurilish sohalaridagi sheriklikni kengaytirish hamda shahar infratuzilmasiga raqamli yechimlarni joriy etish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
Bugun Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi hammuassisi, raisi va bosh ijrochi direktori Todd Boelini qabul qildi. Uchrashuvda AQShning mazkur yetakchi korporatsiyasi bilan yirik kooperatsiya loyihalarini amalga oshirish istiqbollari koʻrib chiqildi.
Mamlakat yetakchisi hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlarini belgilab berdi. Xususan, togʻ-kon sanoati, metallurgiya, qurilish sohalaridagi sheriklikni kengaytirish hamda shahar infratuzilmasiga raqamli yechimlarni joriy etish nazarda tutilmoqda.
Muzokaralar yakunida koʻp qirrali hamkorlikni yanada rivojlantirish boʻyicha qoʻshma “yoʻl xaritasi”ni qabul qilishga kelishib olindi.
“Eldridge Industries” aktivlarni boshqarish, sugʻurta, koʻchmas mulk, infratuzilma, texnologiyalar, sport va media sohalarida faoliyat yurituvchi AQShning investitsiyaviy xoldingidir. Boshqaruvida qiymati 75 milliard dollardan ziyod aktivlar mavjud.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102315 | Инструменты