Botkin qabristonidagi qabrlarga zarar yetkazgan qurilish rahbariga 88 mln so‘m jarima solindi

Kecha Toshkentdagi sobiq shampan zavodi hududida qurilish ishlari olib borilayotganda obyektni Botkin qabristonidan ajratib turgan devor qulab tushgani va natijada bir nechta qabrga zarar yetgani haqida yozgandik.

Holat poytaxtning Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish hududiy inspeksiyasi xodimlari hamda boshqa tashkilotlar vakillari tomonidan o'rganildi.

Tekshiruv davomida qurilish ishlari tegishli ruxsatnomalarsiz, noqonuniy ravishda hamda belgilangan shaharsozlik normalari va talablarini buzgan holda amalga oshirilgani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum qilinishicha, aniqlangan vaqtning o'zida qurilish ishlari to‘xtatilgan. Tashkilotga nisbatan 200 BHM, ya’ni 88 mln so‘m miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102411 | Инструменты