1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan radarlar haydovchilarning transportni boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qoidabuzarliklarini qayd etishga ruxsat beriladi. Radar orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini qayd etishda haydovchining yuz ko‘rinishi, xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi yuqori sifatdagi fotosuratlarda aks ettirilishi shart.
29-oktabr kuni “Yo‘l harakati qoidalari buzilganligini maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari orqali qayd etish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan radarlar orqali haydovchilarning transportni boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik qoidabuzarliklarini qayd etishga ruxsat beriladi.
Qaror bilan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 21 apreldagi 232-son qaroriga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligi holati bo‘yicha “Ma’muriy amaliyot” moduliga avtomatik ravishda quyidagi ma’lumotlarni uzatish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak:
Radar orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmasligini qayd etishda haydovchining yuz ko‘rinishi, xavfsizlik kamaridan foydalangan yoki foydalanmaganligi yuqori sifatdagi fotosuratlarda aks ettirilishi shart.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103014 | Инструменты