Voqea mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida yuz bergan. Portlash viloyat markazi Asadobod shahrining Andirsir hududidagi maktab ichida sodir bo‘lgan.
Afg‘onistonning Kunar viloyati markazida joylashgan maktabda 28-noyabr kuni kuchli portlash sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e-Subh Daily xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, voqea mahalliy vaqt bilan soat 10:00 atrofida yuz bergan. Portlash viloyat markazi Asadobod shahrining Andirsir hududidagi maktab ichida sodir bo‘lgan.
Kunar viloyati shifoxonasi manbalari hozirgacha kamida 25 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Yana 50 ga yaqin odam jarohatlanib, shifoxonaga yotqizilgan. Manbalarga ko‘ra, hodisa qurbonlarining barchasi o‘rta maktab o‘quvchilaridir. CCN telekanali xabariga ko‘ra, portlash oqibatida 99 nafargacha odam jarohatlangan.
“Tolibon” Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Abdul Matin Qoniy hodisa yuzasidan bayonot berdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, dastlabki ma’lumotlar portlash maktab yaqinidagi omborda yuz berganini ko‘rsatmoqda. Ushbu omborda konchilik kompaniyalariga tegishli portlovchi moddalar saqlangan. Pokiston bilan chegaradosh bo‘lgan Kunar viloyatida bir qator konchilik ishlari olib boriladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112902 | Инструменты