DXX generali Gʻayratulla Yoziyev 15 yilga qamaldi

DXX raisining sobiq oʻrinbosari general-leytenant Gʻayratulla Yoziyev 15 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Bu bo'yicha bugun 28-noyabr kuni Oʻzbekiston Harbiy sudi tomonidan hukm o'qildi.

Gʻayratulla Yoziyev 2024-yilning dekabridan 2026-yilning martiga qadar DXXning Shaxsiy xavfsizlik boshqarmasiga rahbarlik qilgan.

Gʻayratulla Yoziyev Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik), 234-moddasi (Qonunga xilof ravishda ushlab turish yoki hibsga olish) va (Hokimiyatni suiisteʼmol qilish, hokimiyat vakolatidan tashqariga chiqish yoki hokimiyat harakatsizligi) bilan aybli deb topilgan.

Shuningdek, jinoiy guruh tarkibida DXX raisi sobiq oʻrinbosari polkovnik Alijon Ashurov tovlamachilik, sud ishlariga aralashish va pora olish ayblovi bilan 17 yilga, DXX boshqarma boshligʻi polkovnik Muzaffar Nurboyev hujjatlarni qalbakilashtirish, qiynoqqa solish, sud ishlariga aralashish, talon-torojlik bilan 17 yilga, polkovnik Temur Shorisqiyev tovlamachilik, sud ishlariga aralashish va pora olish aybi bilan 16,5 yilga, xuddi shunday ayblov bilan polkovnik Gonchar Uzoqov 16,5 yilga, polkovnik O. Abdullayev 15 yilga, polkovnik Suxrob Sayfitdinov 16 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Jinoiy guruh aʼzolari Valiyev, Oʻroqov, Boysariyev va Shokirov ozodlikni cheklash, jarima va axloq tuzatish jazolariga hukm qilingan.

“Gʻayratilla Yoziyev boshchiligidagi mazkur jinoiy guruh ishi Bosh prokuraturaning Korrupsiyaga qarshi kurash boshqarmasi tomonidlan tergov qilingan, sudlanuvchilar shu yilning bahorida hibsga olingan”, — deyiladi xabarda.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112902 | Инструменты