1-dekabrdan O‘zbekistonning Mozori Sharifdagi konsulxonasi maqomi bosh konsulxona darajasiga ko‘tariladi

Prezidentning tegishli farmoniga muvofiq, 2026-yil 1-dekabrdan Afg‘onistonning Mozori Sharif shahridagi O‘zbekiston konsulxonasi bosh konsulxona sifatida qayta tashkil etiladi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Vazirlikning qayd etishicha, O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalar, transport-logistika sohasidagi hamkorlik va mintaqaviy bog‘liqlik rivojlanib, ikki mamlakat o‘rtasidagi amaliy hamkorlik uchun yangi imkoniyatlar ochilmoqda.

Mazkur qaror ushbu jarayonlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘zaro aloqalarni yanada faollashtirish va konsullik xizmatlari samaradorligini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Konsullik muassasasi maqomining oshirilishi ikki mamlakat o‘rtasida savdo hajmini oshirish, transport-logistika salohiyatidan samarali foydalanish va iqtisodiy hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini rivojlantirishda konsullik faoliyatini kuchaytirish, fuqarolar va tadbirkorlar manfaatlarini himoya qilish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112902 | Инструменты