Toʻrayev Ma’ruf Toʻlqinovich usbu tayinlovga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Energosavdo" filiali Qashqadaryo boʻlinmasi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Toʻrayev Ma’ruf Toʻlqinovich "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ Qashqadaryo hududiy filiali direktori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda kompaniyaning viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Ma'lum qilinishicha, Ma’ruf Toʻlqinovich 1990-yil 3-noyabrda Qashqadaryo viloyati Kasbi tumanida tugʻilgan. 2016-yilda Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutini tamomlagan. Mutaxassisligi — elektr energetikasi.
Tayinlovga qadar "Hududiy elektr tarmoqlari" AJ "Energosavdo" filiali Qashqadaryo boʻlinmasi direktori lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
Avvalroq, Bahodir Jurayev “O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari” raisi bo‘lgandi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112814 | Инструменты