Toshkentda BRT - tezkor avtobus qatnovi uchun alohida yoʻlaklar qurilishi munosabati bilan Yangi Sergeli koʻchasi va Amir Temur shohkoʻchasining ayrim qismlarida 25-oktabrdan vaqtincha cheklovlar joriy etilishi eʼlon qilindi. Koʻchalar toʻliq yopilmaydi: qurilish markaziy qismda olib borilib, qolgan yoʻlaklarda harakat saqlanadi.
Toshkentda yana ikkita yo‘l qismida — Amir Temur shohko‘chasi va Yangi Sergeli ko‘chasida BRT tizimi asosida avtobuslar uchun alohida harakat yo‘laklari qurilishi boshlandi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil etish markazi xabar qildi.
Qurilish ishlari yo‘lning markaziy qismida olib boriladi. Qolgan harakat yo‘laklari ochiq qoladi va ularda transport harakati saqlab qolinadi.
Ishlarning birinchi bosqichi Amir Temur shohko‘chasining 1,4 km (Ahmad Donish ko‘chasi bilan kesishmadan Shahriston ko‘chasigacha) va Yangi Sergeli ko‘chasining 1,4 km qismini (Choshtepa ko‘chasi bilan kesishmadan SOUEAST servis markazigacha) qamrab oladi.

Hozirda Shahrisabz ko‘chasida BRT tizimi uchun yo‘lak qurilishi davom etmoqda. Ko‘rsatilgan ko‘chalardagi barcha yo‘l qismlari birlashtirilgach, Yangi Sergeli — Shota Rustaveli — Shahrisabz — Amir Temur yo‘nalishi bo‘ylab yagona yo‘lak paydo bo‘ladi.

Alpha version: 0.9.1.19 build 102613 | Инструменты