Toshkentda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduz kunlari 18-20 daraja, kechalari 8-10 daraja atrofida bo‘ladi.
Bugun va ertaga Oʻzbekiston hududi boʻyicha quruq ob-havo boʻlishi kutilmoqda. Shimolda va choʻl hududlarda ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 m/s gacha kuchayishi, chang-toʻzonlar bilan kuzatilishi mumkin. Kunduzgi havo harorati 15-20 daraja iliq, shimolda 10-15 daraja iliq atrofida boʻladi.
28-oktabrda ba’zi joylarda biroz yomgʻir yogʻadi, shimolda va sharqda esa yogʻingarchilik kutilmaydi. 29-30 oktabr kunlari quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari 5-10 daraja iliq, kunduz kunlari 17-22 daraja iliq, shimolda kechalari 2 daraja sovuq-3 daraja iliq, kunduz kunlari 12-17 daraja iliq boʻladi.
Shamol asosan sharqiy yoʻnalishda 7-12 m/s tezlikda esadi. 28-30-oktabrda respublikaning togʻ oldi va togʻli hududlarida ba’zi joylarda yomgʻir yogʻishi, baland togʻli hududlarda qorga aylanishi mumkin.
Toshkentda hafta davomida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kunduz kunlari 18-20 daraja, kechalari 8-10 daraja atrofida bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 102612 | Инструменты