Mazkur litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.
Markaziy bank Boshqaruvining 2026-yil 23-oktabrdagi 28/1-sonli qaroriga muvofiq, “Open bank” aksiyadorlik jamiyatiga islomiy bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi 1-I-sonli litsenziya berildi. Bu haqda bank Telegram kanalida ma'lum qilindi.
Qayd etish joiz bu — Oʻzbekistonda islomiy bank faoliyati uchun berilgan ilk litsenziya.
Mazkur litsenziya Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonuni 5¹-moddasida nazarda tutilgan islomiy moliya operatsiyalarini qamrab oladi.
"Bank xizmatlaridan foydalanishdan avval bankning tegishli litsenziyaga ega ekanini Markaziy bankning rasmiy veb-sayti orqali tekshirishingizni soʻraymiz",-deydi bank o'z bayonotida
Alpha version: 0.9.1.19 build 102612 | Инструменты