Farg‘ona shahridagi 3 ta bog‘chada bolalar ovqatdan zaharlangani aytiloqda

Farg‘ona shahridagi 3 ta bog‘chada bolalar ovqatdan zaharlangani aniqlandi. Bu haqda oziq-ovqat maxsulotlari xavfsizligi qo'mitasi xabar berdi.

ma'lum qilinishicha, Farg‘ona shahridagi 2-sonli, 7-sonli va 47-sonli MTT tarbiyalanuvchilari tana haroratining ko‘tarilishi, qorin sohasida og‘riq, holsizlik, ko‘ngil aynishi va ich ketishi kabi shikoyatlar bilan viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga murojaat qilgan.

Dastlabki epidemiologik surishtiruvlar uchun MTTlarda bolalar iste’mol qilgan oziq-ovqat mahsulotlari va taomlar o‘rganildi. Jumladan, nonushta, tushlik, kechki tamaddida iste’mol qilgan mahsulotlari, ushbu mahsulotlarni yetkazib beruvchilar aniqlangan. 

Oziq-ovqat mahsulotlari hamda tayyor taomlardan bakteriologik tekshiruvlar uchun namunalar olingan. Ayni vaqtda epidemiologik surishtiruv va laboratoriya tekshiruvlari davom etmoqda.

Bugun, 26-oktabr soat 11:00 holatiga ko'ra, 28 nafar bola yuqumli kasalliklar shifoxonasida davolanmoqda. Bemorlarning umumiy ahvoli barqaror, og‘ir ahvoldagi bemorlar mavjud emas.

Murojaat qilgan 23 nafar bolaning umumiy ahvoli qoniqarli deb baholanganligi sababli ularga tegishli tibbiy tavsiyalar berilib, uy sharoitida davolanish uchun ruxsat etilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102613 | Инструменты