O‘zbekiston TIV Eron elchisini chaqirtirib, norozilik notasi topshirdi


O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi ma'lum qilishicha, joriy yilning 23-oktabr kuni Eron Islom Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va Muxtor Elchisi Muhammad Ali Iskandariy vazirlikka chaqirtirildi va unga O‘zbekistonning qatʼiy eʼtirozi ifodalangan norozilik notasi topshirildi.

Bunga Eronning xorijiy davlatlardagi bir qator diplomatik vakolatxonalari tomonidan «X» ijtimoiy tarmog‘ida Samarqand shahrining tarixiy-madaniy merosini biryoqlama va siyosiy maqsadlarda talqin qiluvchi materiallarning eʼlon qilinishi sabab bo‘lgan.

Uchrashuv davomida Samarqand, Buxoro, Xiva va O‘zbekistonning boshqa tarixiy shaharlari merosi ko‘p asrlar davomida shakllangan boy va ko‘p qirrali tarixiy-madaniy taraqqiyotning ajralmas qismi ekani taʼkidlandi. 

O‘zbekiston Eron tomonini tegishli postlarni diplomatik vakolatxonalarining ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalaridan olib tashlashga hamda bunday holatlar takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirdi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 102501 | Инструменты