Xorijda o‘zbek restorani ochmoqchi  bo'lganlarga davlat xarajatlarning 50% ni qoplab beradi

Dunyo bo‘ylab o‘zbek milliy taomlariga qiziqish kundan-kunga ortib bormoqda. Endi chet elda o‘zbek oshxonasi yoki restoranini tashkil etayotgan (yoki allaqachon ochgan) mahalliy tadbirkorlar bepul va qulay subsidiya olishlari mumkin. Bu haqda my.gov.uz ning Telegramdagi kanalida e'lon qilindi. Ushbu xizmat Turizm qo‘mitasi tomonidan my.gov.uz portali orqali bepul ko‘rsatiladi.

Bunda O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tgan tadbirkorlar xorijda milliy restoran tashkil etish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizigacha bo‘lgan qismini subsidiya ko‘rinishida qaytarib olishlari mumkin.

Murojaat qilish uchun nimalar kerak?

Restoranning xorijda ro‘yxatdan o‘tgani va bino huquqini tasdiqlovchi hujjatlar;
Sanitariya va yong‘in xavfsizligi talablariga muvofiqligi;
Amalga oshirilgan xarajatlar va O‘zbekistondan mahsulot yetkazib berish hujjatlari (zaruratga qarab rasmiy tarjimasi bilan);
Restoranning ichki va tashqi fotosuratlari.

Jarayon quyidagicha kechadi:

- my.gov.uz orqali topshirilgan ariza 18 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi;
- Ijobiy qaror qabul qilingach, subsidiya mablag‘i 7 ish kuni ichida bank hisobvarag‘ingizga o‘tkazib beriladi;
- Agar arizada kamchiliklar bo‘lsa, ularni tuzatib, qayta topshirish imkoniyati bor.

Arizani hoziroq my.gov.uz orqali yuboring.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101220 | Инструменты