O'zgidromet hafta davomida kutilayotgan ob-havo bashoratini e'lon qildi
Dushanba kuni respublikada havo o‘zgaruvchan bo‘ladi, ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm vilyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan +18…+21 daraja, shimolda va janubda +23…+26 daraja bo‘ladi. Seshanba-juma kunlari O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.
13-oktabr kuni yomg‘ir yog‘ishi Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, shuningdek, kechasi va ertalab Farg‘ona vodiysi viloyatlarida saqlanib turadi.
14−16-oktabrda respublikaning barcha hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Kunduzgi harorat +22…+25 daraja, janubda +27…+30 daraja bo‘ladi. Shamol 7−12 m/s tezlikda esadi.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, 12−13-oktabrda kuchli bo‘lishi mumkin. Baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) kuzatiladi. Dushanba kuni tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Toshkentda dushanba kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi. Harorat +19…+21 daraja bo‘ladi. 13−16-oktabr kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +12…+15 daraja, kunduz kunlari +22…+25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111709 | Инструменты