Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi
Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi.
Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi.
Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.
Qayd etish joiz, 3-oktabr kuni Prezident farmoni bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi. Prezident matbuot kotibi ikki vazirlikni birlashtirishdan koʻzlangan maqsad haqida maʼlumot berdi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101221 | Инструменты