13-14-oktabr kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin - O'zgidromet

13–14-oktyabr kunlari kutilayotgan yomg‘ir sababli respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, quyidagi hududlarda sel-suv toshqinlari xavfi mavjud:
- Qashqadaryo viloyati — Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va Gʻuzor tumanlari;
- Surxondaryo viloyati — Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobot tumanlari;
- Samarqand viloyati — Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlari;
- Navoiy viloyati — Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlari;
- Jizzax viloyati — Zomin, Baxmal, Gʻallaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlari;
- Toshkent viloyati — Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlari hamda Angren va Olmaliq shaharlari;
- Namangan viloyati — Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlari;
- Farg‘ona viloyati — So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq hududlari;
- Andijon viloyati — Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahri.

Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi oqibatida suv bosish holatlari yuzaga kelishi mumkinligi haqida ogohlantirildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111710 | Инструменты