XI Yevropa kino festivali dasturidan chuqur dramatik hikoyalar va biografik asarlardan tortib, hujjatli filmlar hamda animatsiyalargacha bo‘lgan 11 ta asar o‘rin olgan bo‘lib, ular O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida namoyish etiladi. Bundan tashqari, 28 oktabr kuni Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bilan hamkorlikda talabalar uchun qisqa metrajli filmlar namoyishini tashkil etadi. Shuningdek, Moc Hub madaniy makonida keng jamoatchilik uchun filmlar taqdim etiladi.

Kinofestival uchun Kipr, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Italiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Ruminiya va Sloveniya elchixonalari o‘z filmlarini taqdim etdi. Suningdek, tadbirni tashkillashtirishda Gyote instituti hamda Toshkentdagi Fransiya alyansi faol ishtirok etmoqda. Bir qator asarlar milliy va xalqaro kinomukofotlar sovrindorlari hisoblanadi.

Festival 2013 yildan buyon har yili Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi Delegatsiyasi tomonidan O‘zbekistonda akkreditatsiyadan o‘tgan Yevropa mamlakatlari elchixonalari bilan birgalikda, O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi ko‘magida tashkil etib kelinmoqda.

Barcha namoyishlar bepul. Filmlar asl tilida, o‘zbek va/yoki rus tillaridagi subtitrlar bilan namoyish etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101221 | Инструменты