2030-yilga borib, bolalar onkologiyasi uchun zarur dori vositalariga bo‘lgan yillik ehtiyojni to‘liq ta’minlash, suyak ko‘migi transplantatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish hamda CAR-T kabi ilg‘or hujayra terapiyasi usullarini joriy etish maqsad qilingan
2030-yilga borib, yurtimizda bolalar onkologiyasi uchun zarur dori vositalariga bo‘lgan yillik ehtiyojni to‘liq ta’minlash, suyak ko‘migi transplantatsiyasi imkoniyatlarini kengaytirish hamda CAR-T kabi ilg‘or hujayra terapiyasi usullarini joriy etish maqsad qilingan.
Bu vazifalar onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar va o‘smirlarga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha 2025–2035-yillarga mo‘ljallangan Milliy rejaning uchinchi strategik yo‘nalishida o‘z aksini topgan.
Xususan:
Milliy rejada onkologik va gematologik kasalliklarga chalingan bolalar uchun zarur barcha dori vositalarini milliy reyestrga kiritish hamda ularni 21 yoshgacha bo‘lgan bemorlarga bepul berish nazarda tutilgan.
Bundan tashqari, 2030-yilgacha suyak ko‘migi transplantatsiyasi yoki hujayra terapiyasiga muhtoj bolalarning ushbu davolash usullaridan foydalanish darajasini 20 foizdan 80 foizga oshirish maqsad qilingan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 101215 | Инструменты