Endi 16 yoshga to‘lmagan o‘quvchilar ham milliy sertifikat imtihonida qatnashishi mumkin

Umumta’lim fanlaridan milliy sertifikat olish uchun yosh cheklovi yo‘q. Hatto 16 yoshga to‘lmagan o‘quvchilar ham imtihonlarda qatnashib, o‘z bilim darajasini tasdiqlovchi sertifikatga ega bo‘lishi mumkin. Bunda ota-onalar voyaga yetmagan farzandi nomidan elektron ariza topshirish imkoniyatiga ega. 

Bu haqda Bilim va malakalarni baholash agentligi Axborot xizmati rahbari brifingda ma’lum qildi.

Unga ko'ra, milliy sertifikatning muhim afzalligi — oliy ta’limga kirishda tegishli fan bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyat yaratishidir. A+ va A darajali sertifikat egalari tegishli fandan maksimal ball, B+, B, C+ va C darajali sertifikat egalari esa natijasiga mos ravishda proporsional ball oladi. Sertifikat abituriyentni barcha kirish imtihonlaridan ozod qilmaydi, balki faqat tegishli fan bo‘yicha qo‘llaniladi.

Milliy sertifikat imtihonlariga my.gov.uz portali orqali elektron ro‘yxatdan o‘tiladi. Natijalar imtihon yakunlanganidan so‘ng 21 ish kunidan kechiktirmay e’lon qilinadi, sertifikat esa elektron shaklda berilib, uch yil davomida amal qiladi. Shuningdek, 2026/2027-o‘quv yilidan boshlab huquqshunoslik fanidan ham milliy sertifikat imtihonlarini tashkil etish rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 101220 | Инструменты