19-noyabr kuni Xitoyning Shenchjen shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin va AQSh Prezidenti Donald Tramp o‘rtasida tarixiy uch tomonlama sammit bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv yakunida yetakchilar strategik barqarorlik, BMTni isloh qilish, energetika xavfsizligi va yadroviy xavflarni kamaytirish masalalarini o‘z ichiga olgan tinchlik deklaratsiyasini imzoladi.
Sammit davomida Rossiya va AQSh rahbarlari ushbu uch tomonlama uchrashuvni tashkil etgani va yuqori saviyada o‘tkazgani uchun Xitoy tomoniga minnatdorlik bildirdi. Uch davlat yetakchilari joriy xalqaro vaziyat yuzasidan atroflicha fikr almashib, global miqyosda strategik barqarorlik hamda xalqaro xavfsizlikni ta’minlashga qat’iy sodiq ekanini tasdiqladi.
Qabul qilingan deklaratsiyaga ko‘ra, BMT Xavfsizlik Kengashining doimiy a’zolari sifatida Rossiya, Xitoy va AQSh tashkilotni isloh qilish tarafdori ekanini bildirdi. Bu qadam BMTning global tahdidlarga yanada samarali javob berishini hamda xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash bo‘yicha asosiy missiyasiga to‘liq mos kelishini ta’minlashga qaratilgan. Shuningdek, uch mamlakat barcha davlatlar manfaati yo‘lida neftni qayta ishlash mahsulotlari ishlab chiqarish va yetkazib berish hajmini oshirishni rejalashtirayotgani hamda barqaror energiya ta’minotining muhimligini tasdiqlagani qayd etildi.
Hujjatda davlatlarning roziligi tamoyili va davlatlar rasmiylarining daxlsizligiga rioya etish fundamental ahamiyatga ega ekani alohida ta’kidlandi. Tomonlar Xalqaro jinoyat sudi hamda shunga o‘xshash boshqa tuzilmalar o‘z vakolatlarini suiiste’mol qilmasligi kerakligi borasida umumiy to‘xtamga keldi.
Bundan tashqari, uch davlat rahbarlari yadro urushida g‘oliblar bo‘lishi mumkin emasligi va u hech qachon boshlanmasligi kerakligini yana bir bor ta'kidladi. Rossiya, Xitoy va AQSh yadroviy xavflarni kamaytirish hamda yadro quroli tarqalishining oldini olish borasida o‘zaro muloqot olib borishga kelishib oldi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 112001 | Инструменты