Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni Turkiya Respublikasi Vitse-prezidenti Javdat Yilmaz boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida yuqori martabali mehmon davlatimiz rahbariga Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻanning samimiy salomi va ezgu tilaklarini yetkazdi.

Muloqot davomida Oʻzbekiston va Turkiya oʻrtasidagi keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, xususan, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, sanoat, qishloq xoʻjaligi, qurilish, axborot texnologiyalari, turizm, transport va energetika sohalaridagi hamkorlikni yanada kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Soʻnggi yillarda ikki tomonlama aloqalar yuqori surʼatda rivojlanib, oʻzaro savdo hajmi va qoʻshma korxonalar soni izchil ortib borayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ayniqsa, Biznesni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha yuqori darajadagi kengash taʼsis etilgani va bugun Toshkentda uning ilk yigʻilishi doirasida yangi salmoqli investitsiya loyihalari va savdo kelishuvlariga erishilgani, 200 dan ortiq yetakchi kompaniyalar hamda ishbilarmonlar ishtirokida biznes forumi oʻtkazilgani yuqori baholandi.

Uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni toʻliq amalga oshirish hamda boʻlajak muhim tadbirlarga puxta tayyorgarlik koʻrish yuzasidan ham atroflicha fikr almashildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112001 | Инструменты