“Naqd pullarning elektron maydoni” ishga tushadi: banklar oʻrtasida pul almashinuvi tartibi oʻzgarmoqda
Adliya vazirligi Oʻzbekistonda banklar tomonidan naqd pul muomalasini tashkil etishning yangilangan tartibini belgilovchi yoʻriqnomani 17-noyabr kuni davlat roʻyxatidan oʻtkazdi. Hujjat banklarni naqd pul bilan ta’minlash, aholi va tadbirkorlarga mablagʻ berish hamda yangi pul belgilarini muomalaga chiqarish qoidalarini tartibga soladi.

Endilikda banklar oʻrtasida naqd pul taqsimoti “Naqd pullarning elektron maydoni” dasturiy majmuasi orqali amalga oshiriladi. 

Bunda jarayon quyidagi tartibda ishlaydi:
- Taklif va talab: Ortiqcha naqd pulga ega banklar tizim orqali oʻz mablagʻlarini taklif etadi, naqd pulga ehtiyoji bor banklar esa elektron talabnoma yuboradi.

- Yetkazib berish: Kelishilgan naqd pullar banklar oʻrtasida inkassatsiya xizmati orqali tashiladi.

Ehtiyojlar oldindan prognoz qilinadi
Naqd pul ta’minotida uzilishlarning oldini olish maqsadida rejalashtirish tizimi joriy etilmoqda. Banklar har oyda naqd pul kirimi va chiqimi boʻyicha prognoz tayyorlaydi va uni yangi oy boshlanishidan kamida 3 bank ish kuni oldin elektron shaklda taqdim etadi.

Banknot va tangalarga qoʻyiladigan majburiy talablar
Yoʻriqnomada muomalaga chiqariladigan pul belgilarining tashqi koʻrinishi va himoya darajasiga oid qat’iy talablar ham mustahkamlandi. Unga koʻra, har bir banknot yoki tangada quyidagilar boʻlishi shart:

- Pulning raqamlar bilan aniq ifodalangan qiymati.

- Pul belgilarini bir-biridan oson ajratish imkonini beruvchi maxsus oʻlcham va ranglar.
- Markaziy bankning nomi hamda pul dizayni va namunasi tasdiqlangan yil.
- Oʻzbekiston Respublikasi Davlat gerbi yoki Davlat bayrogʻi tasviri.
- Qalbakilashtirishdan himoyalovchi maxsus elementlar.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112001 | Инструменты