Erdo‘g‘an yaqin kunlarda Zelenskiyning taklifiga binoan Kiyevga tashrif buyuradi. Bu haqda Türkiye gazetasi xabar qildi.
"Tashrif kun tartibiga erkin savdo bitimi hamda Rossiya-Ukraina mojarosiga oid tinchlik harakatlari kiritilgan", deya qo‘shimcha qiladi nashr.
Bundan tashqari, gazeta Ukrainaning Turkiyadagi elchisi Narimon Jalolning bayonotlariga tayanib, tashrif davomida asosiy mavzulardan biri ikki tomonlama iqtisodiy aloqalarni kengaytirish va mamlakatni tiklashni tezlashtirishga xizmat qiluvchi erkin savdo bitimini tasdiqlash bo‘lishini qayd etdi.
Erdo‘g‘an oxirgi marta 2022 yil fevralida, urush boshlanishidan uch hafta oldin Kiyevga organ, avgust oyida esa Lvovga tashrif buyurgan edi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 80600 | Инструменты