O'zbekiston Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan bayram chegirmasi!

O'zbekiston mustaqillikka erishganiga 35 yil to'lyapti. Bu davrda mamlakatimiz nafaqat siyosiy va iqtisodiy jihatdan, balki yo'llari, qurilishlari, savdo-sotig'i bilan ham tanib bo'lmas darajada o'zgardi. Har bir yangi ko'prik, har bir qurilayotgan bino, har bir chegaradan o'tayotgan yuk - bularning barchasi orqasida ishonchli texnika turadi. Aynan shu nuqtada FAW va uning O'zbekistondagi rasmiy vakili - VUM MChJ mamlakatimiz taraqqiyotiga o'z hissasini qo'shib kelmoqda.

VUM MChJ haqida

VUM MChJ 2022-yil sentabr oyidan boshlab China FAW Group Co., Ltd. bilan rasmiy dilerlik shartnomasini imzolab, FAW brendi ostidagi tijorat texnikalarini O'zbekiston bozorida sotish va rivojlantirish faoliyatini boshlagan.

Bugungi kunda VUM MChJ O'zbekiston Respublikasi bo'ylab keng dilerlik tarmog'iga ega bo'lib, mijozlarga FAW rusumidagi zamonaviy va ishonchli yuk avtomobillarini xarid qilish, shuningdek, servis va texnik xizmatlardan foydalanish imkoniyatini taqdim etmoqda.

Shuningdek, Olmaliq shahrida joylashgan DeltaAutomotors dilerlik markazimizga tashrif buyurib, FAW texnikalari bilan yaqindan tanishishingiz, mutaxassislarimizdan batafsil ma'lumot olishingiz hamda o'zingiz uchun mos avtomobilni tanlashingiz mumkin.

Bundan tashqari, mijozlarga bepul test-drayv xizmatidan foydalanish imkoniyati ham taqdim etiladi. Bu orqali FAW texnikalarining qulayligi, boshqaruv imkoniyatlari va amaliy afzalliklarini bevosita sinab ko'rishingiz mumkin.

Mustaqillikning 35 yilligini nishonlab, VUM MChJ barcha mijozlariga maxsus bayram shartlarini taqdim etadi:

- Boshlang'ich to'lov 0% dan boshlab (garov evaziga)
- 60 oygacha muddatli to'lov
- 24 mln so'mgacha foyda

Bu o'z biznesingizni FAW texnikasi bilan mustahkamlash, yukingizni ishonchli qo'llarga topshirish uchun eng qulay fursat.

Sizni kutib qolamiz!

Olmaliq shahridagi dilerlik markazimizga tashrif buyuring, bepul test-drayvni his qiling va bayram chegirmalaridan bahramand bo'ling!

*chegirmadagi texnikalar, chegirma summalari haqida batafsil ma'lumotni call markazimiz orqali bilib olishingiz mumkin

Murojaat uchun: +99895 191 60 00

Izohlar: 1
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82514 | Инструменты