Zelenskiy “Masha va Ayiq” multfilmini Ukrainada taqiqladi

Prezident Volodimir Zelenskiy Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashining (MXMK) “Masha va Ayiq” multserialiga nisbatan sanksiyalar joriy etish haqidagi qarorini kuchga kirituvchi farmonni imzoladi.

Cheklovlar serialni yaratgan “Animakkord” studiyasiga hamda besh nafar rossiyalik fuqaroga, jumladan, studiya asoschisi va bosh direktori, ssenariy muallifi, prodyuser va multfilm huquqlari egasiga nisbatan kiritildi.

Ukraina MXMK bayonotiga koʻra, “Masha va Ayiq” multseriali bolalar kontenti niqobi ostida rossiyaparast qarashlarni tarqatmoqda, bu esa Ukraina milliy xavfsizligiga xavf tugʻdiradi.

“Masha va Ayiq” multfilmiga nisbatan eʼtirozlar boshqa mamlakatlarda ham paydo boʻlgan. Iyul oyida bir guruh britaniyalik siyosatchilar mamlakat madaniyat vaziriga ochiq xat yozib, ushbu multserialni striming xizmatlaridan olib tashlashni talab qilgan va uni “Rossiyaning ochiq tashviqot quroli” deb atagandi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 82204 | Инструменты