Joriy yil may oyida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buxorodagi qarovsiz holdagi “Jo'yzar” kanalini ko'zdan kechirgan edi.
Bugun Saida Mirziyoyeva Buxoro viloyatiga tashrifi davomida “Jo'yzar” kanalida olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Tashrif davomida kanalni betonlashtirish orqali suv yo‘qotishlarini kamaytirish, uning suv o‘tkazish quvvatini oshirish hamda aholi va qishloq xo‘jaligi yerlarini barqaror suv bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlarning borishini o‘rgandi.
Hozirda ushbu kanalning 10 km qismida tuproq ishlari, shundan 9 km qismida betonlashtirish ishlari to‘liq amalga oshirildi.
Kanal bilan bog'liq qurilish ishlari yakunlangandan so'ng:
- yiliga 12,0 mln m³ suvni iqtisod qilish;
- 13,7 ming xonadonni ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash;
- kanalning suv o‘tkazish quvvatini 60 foizga oshirish;
- 349 ta fermer xo‘jaligining 8,5 ming gektar ekin maydoni hamda 2,8 ming gektar tomorqalarining suv ta’minotini yaxshilash imkoniyati yuzaga kelishi kutilmoqda.
“Jo'yzar” kanalining betonlashtirilishi natijasida suv yo‘qotishlarining sezilarli kamayishi, minglab xonadonlar va qishloq xo‘jaligi yerlarining suv ta’minoti yaxshilanishi hudud taraqqiyotida muhim qadam bo‘ladi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82204 | Инструменты