AQSH prezidenti Donald Tramp Eronga qarshi misli koʻrilmagan koʻlamdagi iqtisodiy bosim kampaniyasi boshlanganini maʼlum qildi.
U Tehronni qoʻllab-quvvatlaydigan yoki Eron bilan savdo va boshqa biznes aloqalarini davom ettiradigan har qanday davlatni «ulkan» sanksiyalar bilan ogohlantirdi.
AQSh prezidenti Donald Tramp 20-avgust, payshanba kuni Eronga qarshi keng ko‘lamli iqtisodiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Bu haqda u o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozdi.
«Bugun men biror davlatga qarshi qachondir amalga oshirilgan eng vayronkor iqtisodiy operatsiya boshlanganini e’lon qilaman. Bu misli ko‘rilmagan ko‘lamdagi iqtisodiy urush va izolyatsiya bo‘ladi», - deya ta’kidladi Tramp.
Shu bilan birga, AQSh rahbari Eronni qo‘llab-quvvatlaydigan yoki u bilan iqtisodiy hamkorlikni davom ettiradigan davlatlarga nisbatan keskin choralar ko‘rilishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday mamlakatlar «ulkan» sanksiyalarga duch kelishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82203 | Инструменты