BMT AQSH va Isroilning Eron bilan urushini qoraladi

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Erondagi inson huquqlari buzilishini o‘rganish bo‘yicha mustaqil komissiyasi AQSH va Isroilning zarbalari, so‘ngra Eronning butun Yaqin Sharq bo‘ylab javob zarbalari BMT Nizomiga zid ekanligini maʼlum qildi.

Ustav "har qanday davlatning hududiy yaxlitligi yoki siyosiy mustaqilligiga qarshi kuch ishlatishni taqiqlaydi," deyiladi bayonotda.

Tashkilotning qo‘shimcha qilishicha, "Eron aholisi hozir ikki o‘t orasida qolgan: bir tomonda keng ko‘lamli harbiy kampaniya, ikkinchi tomonda yillar davomida inson huquqlarini poymol qilib kelayotgan hukumat."

Komissiya shuningdek, Minobdagi qizlar maktabiga zarbalar berilgani, Eron rasmiylariga ko‘ra, u yerda 150 dan ortiq o‘quvchi va o‘qituvchi halok bo‘lgani haqidagi xabarlardan "chuqur taʼsirlanganini" qo‘shimcha qildi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 30514 | Инструменты