Davlat rahbari “Oʻzbekiston – Iordaniya” koʻrgazmasi bilan tanishdi

Ko‘rgazmada ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari — tog‘-kon sanoati va geologiya, kimyo, qishloq xo‘jaligi hamda oziq-ovqat, transport va logistika, elektrotexnika, to‘qimachilik, farmatsevtika va mudofaa sanoatiga bag‘ishlangan bo‘limlar tashkil etilgan. Stendlarda mineral xomashyo va bazalt mahsulotlari, o‘g‘itlar, oziq-ovqat mahsulotlari, kalava ip, mato, tayyor kiyimlar hamda dori vositalari namunalari taqdim etilmoqda.

Tashrif chog‘ida yetakchilarga barcha tarmoqlar bo‘yicha O‘zbekiston va Iordaniyadagi istiqbolli investitsiya loyihalari taqdimot qilinib, ikki mamlakatning yirik kompaniyalari vakillari qo‘shma loyihalarning borishi yuzasidan axborot berdi. Qayd etilishicha, mazkur ko‘rgazma investorlarga manfaatli loyihalar bilan bevosita tanishish imkonini berib, yetakchi korxonalar o‘rtasida kooperatsiyani mustahkamlash hamda ilg‘or tajriba va zamonaviy texnologiyalar almashinuvini kengaytirishga xizmat qiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 112420 | Инструменты