Avtobuslar yoʻnalish davomida Poyabzal fabrikasi, Bosmaxona, Junariq mahallasi, Toʻrt qiz, Tinchlik, Chamanzor, Tuyaboʻgʻiz, Quyoshli bozori hamda Chilonzor buyum bozori kabi oraliq bekatlar orqali harakatlanadi. Yoʻnalishda yoʻlkira haqi 5 000 soʻm etib belgilangan.
Yangiyoʻl shahri va Toshkent shahri oʻrtasida 300-sonli avtobus qatnovining qayta tiklandi. Bu haqda Transport vazirligi yozmoqda.
VH-300-sonli “Yangiyoʻl ASHB – Toshkent (Janubiy vokzal ASHB)” avtobus yoʻnalishi 1963-yilda tashkil etilgan boʻlib, 2026-yil iyun oyiga qadar ushbu yoʻnalishda muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirib kelingan.
Prezidentning 2023-yil 16-fevraldagi “Jamoat transporti tizimini isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–59-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida Yangiyoʻl shahrini Toshkent shahri bilan bogʻlovchi qator yangi avtobus yoʻnalishlari tashkil etildi.
Jumladan, 181-sonli “Olmazor metrosi – Yangiyoʻl dehqon bozori”, 194-sonli “Niyozboshi mahallasi – Janubiy vokzal” hamda 1-sonli “Yangiyoʻl yurak-asab kasalliklari sihatgohi – Shodlik mahallasi” yoʻnalishlarida brutto-shartnoma tizimi asosida zamonaviy avtobuslar harakati yoʻlga qoʻyildi.
Fuqarolar murojaatlarida mazkur yoʻnalishning kundalik qatnovlar uchun ahamiyati, Yangiyoʻl va Toshkent shaharlari oʻrtasidagi bevosita transport aloqasiga boʻlgan ehtiyoj alohida ta’kidlandi. Kelib tushgan murojaatlar asosida yoʻnalish faoliyati qayta oʻrganilib, avvalgi VH-300-sonli “Yangiyoʻl ASHB – Toshkent (Janubiy vokzal ASHB)” yoʻnalishi VSH-1180-sonli “Yangiyoʻl ASHB (Toshkent viloyati) – Janubiy vokzal ASHB (Toshkent shahri)” viloyatlararo-shaharlararo avtobus yoʻnalishi sifatida qayta rasmiylashtirildi.
Shundan soʻng mazkur yoʻnalish belgilangan tartibda ochiq elektron tender tanloviga joylashtirildi. Tender natijalariga koʻra, “DELFIN AVTO” MCHJ bilan 2822-sonli shartnoma tuzilib, korxonaga yoʻnalishda yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatish huquqi berildi. Bugungi kunda korxona tomonidan Yangiyoʻl avtoshohbekati va Toshkent Janubiy vokzali oʻrtasida muntazam avtobus qatnovlari amalga oshirilmoqda.
Avtobuslar yoʻnalish davomida Poyabzal fabrikasi, Bosmaxona, Junariq mahallasi, Toʻrt qiz, Tinchlik, Chamanzor, Tuyaboʻgʻiz, Quyoshli bozori hamda Chilonzor buyum bozori kabi oraliq bekatlar orqali harakatlanadi. Yoʻnalishda yoʻlkira haqi 5 000 soʻm etib belgilangan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110218 | Инструменты