Ulardan 4 968 nafar migrant vatanga qaytishi uchun 20 mlrd 396 mln soʻm ajratilgan. 1 171 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam koʻrsatilgani munosabati bilan 1 mlrd 563 mln soʻm ishlatilgan.
Vatanga qaytish uchun mablagʻ yetishmasligi, ogʻir ijtimoiy ahvol, salomatlik bilan bogʻliq muammolar sabab O'zbekistonga qaytolmayotgan fuqarolar ko'p. Migratsiya agentligi tomonidan ularga amaliy yordam koʻrsatilmoqda.
Xususan joriy yilning 9 oyida xorijda ogʻir vaziyatga tushganlarni qoʻllab-quvvatlash uchun 22,4 mlrd soʻm yoʻnaltirildi. Bu haqda agentlikning rasmiy sahifalarida e'lon qilindi.
Ma'lumotlarga ko'ra, 4 968 nafar migrant vatanga qaytishi uchun 20 mlrd 396 mln soʻm ajratilgan. 1 171 nafar fuqaroga bir martalik moddiy yordam koʻrsatilgani munosabati bilan 1 mlrd 563 mln soʻm ishlatilgan.
Shuningdek, ulardan 38 nafariga tibbiy xizmat xarajatlari uchun 228,6 mln soʻm qoplab berildi. 167 nafar fuqaroga esa vaqtinchalik yashash joyi uchun 249 mln soʻm ishlatilgan.
Agar bu xabarni o'qib turgan, xorijda qiyin ahvolga tushganlar yoki shunday tanishi borlar Migratsiya agentligining 1282 qisqa raqamiga murojaat qilishi mumkin.
Alpha version: 0.9.1.19 build 110214 | Инструменты