Boshlangan hafta o'rtasida respublikaning ko'plab hududlarida yomg'ir yog'ishi kutilmoqda

O'zgidromet ma'lumotiga ko'ra, bugun va ertaga Oʻzbekiston hududining katta qismida quruq va iliq ob-havo saqlanib turadi. Havo harorati kunduzi asosan 20-23 daraja iliq boʻladi.

4-noyabrda Buxoro, Navoiy, Surxondaryo viloyatlarida ayrim joylarda va kechga tomon respublikaning qolgan hududlarida yomgʻir yogʻadi. Shimoliy va sharqiy hududlarda yogʻingarchiliksiz ob-havo boʻlishi kutilmoqda. 

5-noyabrda respublikaning markaziy va sharqiy hududlarida faqat kechasi va ertalab ba’zi joylarda yomgʻir yogʻishi saqlanib turadi.

6-noyabrda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpogʻiston Respublikasining shimoliy hududlarida yomgʻir yogʻishi mumkin.

Ushbu kunlarda havo harorati kechalari 7-12 daraja iliq atrofida, kunduz kunlari 4-5 noyabrda 18-23 daraja iliq, 6-noyabrda 23-25 daraja iliq, janubiy hududlarda esa 27 daraja iliqqacha boʻladi. Oʻzbekistonning togʻli hududlarida ba’zi joylarda yomgʻir yogʻadi, baland togʻlarda qorga aylanishi mumkin.

Toshkentda yogʻingarchilik kutilmaydi, faqat 4 noyabrda kechqurun va 5 noyabrda kechasi va ertalab biroz yomgʻir yogʻishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi. Havo harorati kechalari 8-10 daraja iliq, kunduz kunlari 20-22 daraja iliq atrofida boʻladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110216 | Инструменты