O‘zbekistondagi avtomobil yo‘llarida mobil radarlar borligi yo'l belgisi bilan ogohlantirilmasligi mumkin

Hukumatning 2026-yil 30-oktyabrda kuchga kirgan qarori bilan mobil radarlar borligi majburiy ogohlantirilishi haqidagi talab olib tashlandi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 15-maydagi qaroriga ko‘ra, harakat tezligini nazorat qilishga mo‘ljallangan har qanday turdagi statsionar va mobil radarlar joylashgan hududda va ungacha kamida 250 metrdan kam hamda 500 metrdan ko‘p bo‘lmagan hududda “Radar” yo‘l belgisining o‘rnatilishi majburiy hisoblanar edi.

Endi ushbu talab faqat statsionar radalargagina qo‘llaniladi. Yangi qaror bilan mobil radarlar borligi majburiy ogohlantirilishi haqidagi talab olib tashlandi.

Ushbu hujjat bilan O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va video qayd etish vositalari orqali xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslik holatlarini qayd etishga ruxsat berildi. Shuningdek, chorrahagacha 50 metr, qayrilib olish joyigacha esa 20 metr masofada yo‘l chiziqlarini bosib o‘tgan haydovchilarga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaydigan bo‘ldi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110216 | Инструменты