Turkiyada BMTning Iqlim oʻzgarishi boʻyicha 31-konferensiyasi — COP31 oʻz ishini boshladi

Oʻzbekiston konferensiyada faol ishtirok etib, Milliy pavilyonini taqdim etdi. Mazkur pavilyon milliy iqlim tashabbuslarini targʻib qilish, tajriba almashish va xalqaro hamkorlikni rivojlantirish uchun muhim maydonga aylandi.

Pavilyon “Uzumzor — oʻtmish merosi, bugunning yechimi va kelajak ilhomi” konsepsiyasi asosida bezatilgan. Uning me’moriy qiyofasi inson va tabiat uygʻunligi, tabiiy soya va salqinlikni ifodalaydi. Pavilyonda milliy an’analar zamonaviy ekologik va multimedia yechimlari bilan uygʻunlashtirilgan.

Ekspozitsiyada mamlakatning ekologik va iqlim siyosatidagi asosiy yoʻnalishlar, jumladan, “Yashil makon”, “Toza havo”, Chiqindidan xoli hudud”, “Biomeros”, “Ekologik madaniyat” loyihalari, “Green University” faoliyati hamda Oʻzbekistonning iqlim sohasidagi tashabbuslari namoyish etilmoqda.

Oʻzbekistonning konferensiyadagi ishtiroki doirasida 40 dan ortiq mavzuli tadbirlar, shuningdek, xalqaro hamkorlar bilan aloqalarni mustahkamlash va birgalikdagi iqlim yechimlarini ilgari surishga qaratilgan qator ikki tomonlama hamda koʻp tomonlama uchrashuvlar oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 111017 | Инструменты