Muloqot davomida qiymati qariyb 12 milliard AQSH dollarini tashkil etgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va hududlararo aloqalarni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.
Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva boshchiligidagi Oʻzbekiston parlament delegatsiyasining Koreya Respublikasiga rasmiy tashrifi doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myon bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Muloqot davomida parlamentlararo hamkorlikni yanada faollashtirish, oliy darajadagi kelishuvlar ijrosini qonunchilik jihatidan qoʻllab-quvvatlash hamda parlament nazoratini kuchaytirish jihatlariga urgʻu berildi.

Shuningdek, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy va texnologik hamkorlikni kengaytirish yuzasidan fikr almashildi. Xususan, qiymati qariyb 12 milliard AQSH dollarini tashkil etgan istiqbolli loyihalarni amalga oshirish, sanoat kooperatsiyasini, ilgʻor texnologiyalarni joriy etish va hududlararo aloqalarni rivojlantirish muhimligi taʼkidlandi.
Bundan tashqari, taʼlim, sogʻliqni saqlash, ilm-fan, kadrlar tayyorlash va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish, Koreya Respublikasida mehnat qilayotgan va tahsil olayotgan Oʻzbekiston fuqarolari uchun munosib sharoitlar yaratish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111017 | Инструменты