Yangi diplomatik vakolatxonaning konsullik okrugi Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi.
Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov mamlakatning O‘zbekistondagi Bosh konsulxonasini Andijon shahrida ochish to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Hujjatga muvofiq, yangi konsulxona faoliyati Andijon, Farg‘ona va Namangan viloyatlarini qamrab oladi.
Bosh konsulxonaning asosiy vazifasi O‘zbekistonda bo‘lib turgan Qirg‘iziston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularga konsullik xizmatlarini ko‘rsatishdan iborat bo‘ladi.
Shuningdek, vakolatxonaning ochilishi ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish, fuqarolar uchun yanada qulay sharoit yaratishga qaratilgan.
Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasiga konsulxonani ochish bilan bog‘liq tashkiliy va moliyaviy masalalarni hal etish, zarur normativ-huquqiy hujjatlarni farmonga muvofiqlashtirish topshirilgan. Farmon imzolanganidan 10 kun o‘tgach kuchga kiradi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 111017 | Инструменты