Hukumat qarori (88-son, 02.03.2026-y.) bilan “Xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida o'qish istagidagi yoshlar va pedagog xodimlarga ta'lim kreditini ajratish tartibi to'g'risida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom Ta'lim kreditini moliyalashtirish jamg'armasi hisobidan imtiyozli ta'lim kreditini ajratish va ularni qaytarish tartibini belgilaydi.
Nizomga ko'ra, ta'lim krediti quyida talablarga javob beradigan yoshlar (30 yoshdan oshmagan, shu jumladan, 30 yoshda bo'lgan) va pedagoglarga ajratiladi:
- QS (Quacquarelli Symonds) yoki THE (The Times Higher Education) bo'yicha TOP-300 talikka kiritilgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlariga o'qishga qabul qilingan;
- O'zbekiston fuqarolari bo'lgan.
Kredit ularning bakalavriat hamda magistratura dasturlarida ta'lim olishlari uchun ajratiladi.
Kredit 1 o'quv yili uchun 20 ming AQSH dollarigacha miqdordagi ekvivalentda milliy valyutada ajratiladi.
Kreditning asosiy qarzi talabaning rasmiy o'qish muddati tugagandan so'ng 7-oydan boshlab 7 yil davomida qaytariladi.
Kredit oluvchi bankka murojaat qilishda quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
▫️ ariza;
▫️ shaxsni tasdiqlovchi hujjatlar nusxasi;
▫️ taklifnoma-xat (1-kurslar uchun);
▫️ akademik o'zlashtirish natijalari (2-kursdan boshlab);
▫️ to'lov-kontrakt asosida o'qish bo'yicha shartnoma hamda oliy ta'lim tashkilotining bank rekvizitlari ko'rsatilgan invoys;
▫️ birgalikda qarz oluvchilarning so'nggi 12 oylik daromadlari yuzasidan ma'lumot;
▫️ mehnat daftarchasidan ko'chirma (30 yoshdan oshgan pedagoglar uchun).
Ta'lim krediti stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasi miqdorida belgilanadi.
Alpha version: 0.9.1.19 build 30417 | Инструменты