Prezident Oʻzbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida jazo muddatini oʻtayotgan, qilmishiga chin koʻngildan pushaymon boʻlgan va tuzalish yoʻliga qatʼiy oʻtgan bir guruh shaxslarni afv etish toʻgʻrisidagi farmonni imzolandi.
Farmonga koʻra, jami 852 nafar shaxs afv etildi. Ularning 604 nafari jazodan toʻliq ozod qilinadi, 115 nafari jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinadi.
Shuningdek, 52 nafar shaxsga tayinlangan jazo yengilroq jazo bilan almashtiriladi, 81 nafar mahkumning ozodlikdan mahrum qilish jazosi muddati qisqartiriladi.
Afv etilganlar orasida yetti nafar chet el fuqarosi va taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan 63 nafar shaxs bor.
Shuningdek, afv etilganlarning 375 nafari yoshlar, 49 nafari ayollar va 37 nafari 60 yoshdan oshgan erkaklardir.
Alpha version: 0.9.1.19 build 82721 | Инструменты