Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik pensiya miqdori 10 yilda 3,3 barobarga oshdi

Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025-yilda Oʻzbekistonda oʻrtacha oylik pensiya miqdori 1 mln 649,2 ming soʻmni tashkil etgan. Bu koʻrsatkich 2016-yilga nisbatan 3,3 barobarga oshgan.

Yillar kesimida oʻrtacha oylik pensiya miqdori:

2016-yil – 494,2 ming soʻm;
2017-yil – 556,8 ming soʻm;
2018-yil – 640,5 ming soʻm;
2019-yil – 733,2 ming soʻm;
2020-yil – 848,5 ming soʻm;
2021-yil – 963,6 ming soʻm;
2022-yil – 1 mln 80,8 ming soʻm;
2023-yil – 1 mln 234,5 ming soʻm;
2024-yil – 1 mln 495,6 ming soʻm;
2025-yil – 1 mln 649,2 ming soʻm.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 90705 | Инструменты