Qashqadaryoning Gʻuzor tumanida ayol va 4 farzandni yoqib yuborgan erkak umrbod qamaldi

Qashqadaryoda ayol va uning bolalarini yoqib yuborgan erkak jinoiy jazoga tortildi. Bu haqda Qashqadaryo viloyati sudlari axborot xizmati xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, holat shu yil 15-may kuni kechasi sodir bo‘lgan. Sudlanuvchi S.T. jabrlanuvchining Gʻuzor tumanidagi xonadoniga borib, u bilan janjallashgan. So‘ngra o‘zi bilan 5 litrli yelim idishda benzin olib kelgan ayol va uning to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandini ustiga sepgan holda o‘ta shafqatsizlik bilan ularni tiriklayin yoqib yuborgan.

Ayol va uning ikki nafar farzandi hayoti saqlab qolingan. Ammo kuyishdan olgan tan jarohatlari oqibatida 6 yoshli o‘g‘il va 11 yoshli qiz vafot etgan.

Sudda jabrlanuvchi ayol erkakka nisbatan oliy jazo berishni so‘ragan.

“Ikki bolam qaytib kelmaydi endi. Yengil jazo bersanglar ko‘payib ketadi mana shundaylar. Oliy jazo berishingizni so‘rayman”, degan ayol.

JIB Qamashi tuman sudi hukmi bilan S.T. Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) 2-qismi “a, v, d, j” bandlari, 25,97-moddasi 2-qismi “a, v, d, j” bandlari hamda 173-moddasi (mulkni qasddan nobud qilish yoki unga zarar yetkazish) 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilishda aybli deb topilgan. Unga umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 110214 | Инструменты