Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ma'lumotiga ko'ra, joriy yilning oʻn oyida davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan umumiy qiymati qariyb 36,1 mlrd soʻmlik 33 ta davlat xaridida qonunbuzilishlar aniqlangan.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi Axborot xizmati rahbari Sherzod Saparov ishtirokida oʻtkazilgan brifingda korrupsiyaga qarshi kurashishda fuqarolik jamiyati institutlari rolini kuchaytirish, davlat organlari faoliyatida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.
Ta’kidlanishicha, joriy yilning oʻn oyida davlat buyurtmachilari tomonidan amalga oshirilgan umumiy qiymati qariyb 36,1 mlrd soʻmlik 33 ta davlat xaridida qonunbuzilishlar aniqlangan.
Agentlik taqdimnomalari asosida ushbu xaridlar bekor qilinib, xarid jarayonlarining qonunga xilof ravishda davom ettirilishi oldi olingan.
Shuningdek, "E-qaror" tizimida asossiz yashirilgan 771 ta hujjat ochiqlanib, qonunbuzilishlarga yoʻl qoʻygan 3 nafar rahbar ishdan boʻshatilgan, 2 nafariga "hayfsan" berilgan, 96 nafar mas’ul esa intizomiy javobgarlikka tortilishi haqida ogohlantirilgan.
Alpha version: 0.9.1.19 build 103115 | Инструменты