O‘zbekiston va Gollivud o‘rtasida animatsiya sohasida yangi sahifa ochilishi kutilmoqda.

Bolalar kontentini rivojlantirish markazi rahbari Jahongir Ahmedov bilan jahonga mashhur “The Lion King” multfilmi rejissyori Rob Minkoff o‘rtasida o‘tgan muzokaralar amaliy bosqichga yaqinlashdi.

Muzokaralar doirasida tomonlar qo‘shma to‘liq metrajli animatsion loyiha ustida ishlash imkoniyatlarini muhokama qilgan.

Rob Minkoff loyiha bo‘yicha kelishuvlarni yakunlash uchun tayyor ekanini bildirdi. 

Animatsion filmga nom va konsepsiya yaqin vaqt ichida jamoatchilikka taqdim etiladi.

Izohlar: 0
Siz identifikatsiyadan o'tmadingiz
Ro'yxatda bo'lmay turib izoh qo'shish

Tepaga

Alpha version: 0.9.1.19 build 20413 | Инструменты